eye                     
   
 

DAVLAT RAQOBAT QO'MITASINING  2016 YILNING 9 OYI   YAKUNLARI TO'G'RISIDA  PRESS - RELIZ

O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, uning hududiy organlari va  idoraviy mansub tuzilmalarining  2016 yilning 9 oyidagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 yanvardagi yig'ilishida  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 fevraldagi 11-son joriy yil uchun mo'ljallangan iqtisodiy dasturining muhim ustuvor yo'nalishlarida belgilangan  vazifalarni bajarishga qaratildi.

Qonunchilik bazasini takomillashtirish

O'tgan hisobot davrida Qo'mita tomonidan 35 ta  me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (3 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, 3ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi,  17 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi va 12 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan  511 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (41 ta qonun loyihasi, 39 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 401 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi, 30 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

Davlat aktivlarini xususiylashtirish

           Hisobot davrida 373 ta davlat aktivlari (shundan, 96 tasi 294,5 mlrd so'm va 27,2 mln.doll. miqdoridagi investitsiya kiritish va 7423 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 174,8  mlrd.so'm va 1,1 mln. AQSH dollari, shundan 313,6 mlrd.so'm va 27,5 mln.doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari va va 8,5 mingdan ziyod yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan  sotildi.

Bugungi kunda 522 ta davlat aktivlari, shu jumladan 70 tasi “nol” xarid qiymatida ommaviy savdolarga qo'yildi.

Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 63 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 0,2 mln.doll. va 37,6 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 2050 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

2016 yilning 1 oktyabr holatiga  umumiy summasi 215,2 mln. doll. va 1,3 trl.so'mlik 891 ta shartnoma  shartlari (shundan 15 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan)  bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  110,2 mln.doll. va 525,5 mlrd.so'mni tashkil etdi, 5550 yangi ish o'rinlarini yaratildi.

Fond bozorining holati

Qimmatli qog'ozlar bozorining  umumiy aylanmasi 13,2 trl.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 8 martaga ko'p.

Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 3386ta sotish-olish shartnomalari tuzildi. Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 173,7 mlrd.so'mni tashkil etdi.

Davlat mulki reestrini yuritish

2016  yilning 1 oktyabr holatiga  respublikada 28827 davlat korxonalari va muassasalari faoliyat ko'rsatib, shundan 27410tasiga (98,2%) Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan guvohnoma berilgan.

Davlat mulkini ijaraga berish

Hisobot davrida 19,3  mingga yaqin davlat mulki ob'ektlari ijaraga berildi, qo'shimcha yaratilgan ish joylari soni  60,6 mingtaga yetdi. Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 68,7 mlrd.so'm mablag' tushdi.

Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

O'tgan hisobot davrida  baholash faoliyatini  litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 29 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 18 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga  229 ta litsenziya berilib, shundan 200 tasi amalda (170 tasi biznesni baholash, 26 tasi ko'char mulkni baholash, 4 tasi ko'chmas mulkni baholash), 29 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 46 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 24 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 oktyabr  holatiga 265 ta litsenziya berilib, shundan 234 ta litsenziya amalda, 31 tasini harakati to'xtatilgan.

Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 125 taga qisqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 155 tani tashkil etdi.

            Raqobat muhitini rivojlantirish

 O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 278 ta bozorlar o'rganildi, shundan 274 tasi tovar bozorlari va 4 tasi moliya bozori,  nohalol raqobat masalalari bo'yicha 43 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 13 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi. 330 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 302 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

            Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

Iste'molchilardan jami 4850 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 3509 tasi yozma shaklda va 1341 tasi ishonch telefoni orqali murojaatlardir.

Jami murojaatlar bo'yicha  2,1 mlrd.so'm  iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilib berildi, shundan 1,7 mlrd.so'm yozma murojaatlar bo'yicha va 371,6 mln.so'm ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

            Reklama faoliyatini tartibga solish

Reklama qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 365 ta o'rganish va kuzatuvlar o'tkazilib, 200 ta holat bo'yicha qonun buzilishi aniqlandi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga 166 ta ko'rsatmalar berildi va 63 ta mansabdor shaxslarga nisbatan jami 39,8 mln. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanildi.

          Respublika hududlarida korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

Kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha 2577 ta loyihadan iborat 2016 yilda amalga oshiriladigan hududiy dasturlar ishlab chiqildi.

Mazkur dasturlar doirasida jami 2,2 trln. so'mga yaqin investitsiyalar, shundan 589,2 mlrd.so'mi bank kreditlarini jalb qilinishi va loyihalarning ishga tushirilishi natijasida, 2,5 trln. so'mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 36 mingdan ortiq ish o'rinlari yaratish rejalashtirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 9 oyligida dasturlardagi loyihalarga jami 1 737,9 mlrd.so'mlik investitsiyalar, shundan 535,3 mlrd.so'm bank kreditlari jalb qilindi va 2 088,3 mlrd.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 19,5 mingdan ortiq ish o'rinlari yaratildi.

            Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tashkil etilgan  tadbirlar Ommaviy axborot vositalari va qo'mitaning rasmiy veb-sahifasi orqali axborot-reklama ishlari davom ettirildi, xalqaro tashkilotlar va elchixonalar bilan ishchi aloqalar, xorijiy ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvlar va muzokaralar amalga oshirildi va axborot-ma'lumot materiallar tarqatildi.

Qo'mita, uning hududiy organlariv tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 3277 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 947 tasi televidenie va 675 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlari da 775 ta maqolalar chop etildi, 436 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

2016 YILNING 9 OYI PRESS - RELIZ Yuklash [DOC 78 Kb]

 

                                                                                            Qo'mita matbuot xizmati

Инфографика
 

Инфографика:
Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

 

 
 
Инфографика
 

Инфографика:
Показатели финансового оздоровления предприятий

 
 
??????? Orphus