Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

Ҳурматли тадбиркорлар ва ишбилармонлар!


Тошкент вилоятида 2018 йилнинг 10 майидан бошлаб давлат активлари ва кўчмас мулк объектларини сотиш фақат «E-IJRO AUKSION» электрон савдо майдончасида онлайн-аукцион шаклида ташкил этиладиган электрон савдолар орқали амалга оширилади.

Батафсил...

2018-03-06 15h02 57

Diqqat! Barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el investorlari diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat aktivlari bo‘yicha ochiq tanlov savdolariga taklif etadi.

 

Tanlov savdolariga quyidagi davlat aktivlari qo‘yiladi.

Ob’ektning nomi

Ob’ektning joylashgan manzili

Balansda saqlovchi

Balansda saqlovchining faoliyat ixtisosi

Investitsiya majburiyat-larining
eng kam miqdori

(mln. so‘m)

Ob’ekt negizida tashkil etiladigan faoliyat yo‘nalishi

Inves-titsiya kiritish muddati
(yil)

Yangi tashkil qilinadigan

eng kam ishchi o‘rinlar soni
 

Qurilishi tugallanmagan mehmonxona bino va inshootlari

Bo‘stonliq tumani,
Chimyon qo‘rg‘oni

Toshkent shahar “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga

ma’muriy boshqaruv

3 500,0

-

3

40

Investitsiya kiritish mobaynida yaratilgan ishchi o‘rinlari, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng keyingi 1 yil davomida saqlanadi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor shartnoma imzolangandan keyin 30 kun muddat ichida tanlov ob’ektini mustaqil baxolovchi tashkilot tomonidan baxolatadi,
bunda baxolashga ketadigan sarf xarajatlar tanlov g‘olibi tomonidan qoplanadi.

investitsiya kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida xususiylashtirishda investor tomonidan investitsiya kiritish muddati tugab, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, xususiylashtirilgan ob’ektining 60 foizdan kam bo‘lmagan hududi (bino va inshootlar) ishga tushirilgan va ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan bo‘lishi lozim.

Tanlov savdolari natijalari bo‘yicha g‘oliblik bayonnomasi imzolangan sanadan boshlab 20 kundan kechikmay oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.

2018-03-06 15h08 38

Talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlari 2018 yil 11 aprel kuni, soat 900 da Toshkent viloyati hokimligi binosining 1-qavatidagi zalida ochiladi.

Tanlovda qatnashish uchun muhrlab qo‘yilgan takliflar olish 2018 yil 6 aprel 1800 da hamda tanlov bo‘lib o‘tmaganda ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon qilingan sanasidan kamida ikki ish kuni oldin to‘xtatiladi.

Tanlov savdosi ushbu kuni bo‘lib o‘tmagan taqdirda, takroriy savdolar har xaftaning chorshanba kunlari, soat -900 da bo‘lib o‘tadi.

Tanlov xujjatlarida va qo‘shimcha ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan manzil: 100060, Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 42-uy manzilida joylashgan
Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi.

Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali hududiy tanlov komissiyasining ishchi organiga tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:

nodavlat yuridik shaxslar uchun — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakolatli vakilning tanlovda qatnashishi uchun ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;

jismoniy shaxslar uchun — pasportining nusxasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat nusxasini ilova qilgan holda;

biznes-reja muhrlangan konvertda, shuningdek tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov takliflari (taklif qilingan sotib olish to‘lovlari summasi va uni to‘lash muddatlari, taklif qilinayotgan investitsiya majburiyatlari summasi, uning shakli, muddati va kiritish sharti).

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak

Murojaat uchun manzil100060, Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 42-uy.Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 230-41-73, 230-41-70. Faks: (0-371) 230-41-80.Internet tarmog‘idagi veb-sayt: www.gki.uz, www.gkitorg.uz, www.tashvil.gov.uz.

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Savdolarni o‘tkazish jarayonida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlaringiz buzilgan taqdirda Davlat raqobat qo‘mitasining
(0-371) 259-21-37 yoki Toshkent viloyati raqobat boshqarmasining (0-371) 230-41-75 raqamli Ishonch telefonlariga shuningdek Toshkent viloyati hokimligining (0-371) 232-80-25 telefon raqamlarigazudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi.

Savdolarga marhamat qiling!

Attachments:
Download this file (Объявление - Ташобласть.doc)Yuklash[ ]45 kB
??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech