Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
Kafolatlar, huquqlar, imtiyozlar
  eye                     

 Перечень гарантий, льгот и прав, предоставленных иностранным инвесторам и предприятиям с иностранными инвестициями законодательством Республики Узбекистан в соответствии с:

  • Указом Президента Республики Узбекистан от 11 апреля 2005 года №УП-3594 "О дополнительных мерах по стимулированию привлечения прямых частных иностранных инвестиций"и
  • Указом Президента Республики Узбекистан от 10.04.2012 г. № УП-4434 "О дополнительных мерах по стимулированию привлечения прямых иностранных инвестиций"

Cкачать полный текст Указа Президента РУз №УП-3594[MS WORD-формат 40,5 КБ]

Cкачать полный текст Указа Президента РУз №УП-4434[MS WORD-формат 66,0 КБ]

  • "Chora-tadbirlar to'g'risida" Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar qonunchiligi bilan korxonalar uchun berilgan kafolatlar, imtiyozlar va huquqlar ro'yxati"

    Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo'lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta'minlash maqsadida:

    1. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va ilovaga muvofiq ro'yxat bo'yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig'i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig'i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to'lashdan, shuningdek Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod qilinsin.

    Belgilansinki, to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo'lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi:

    300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;

    3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;

    10 million AQSH dollaridan ortiq bo'lganda — 7 yil muddatga.

    2. Ushbu Farmonning 1-bandida ko'rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo'llanilishi belgilab qo'yilsin:

    mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish;

    xorijiy investorlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;

    korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;

    xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo'yish;

    mazkur imtiyozlarni qo'llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo'naltirish.

    3. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan korxonalarning ushbu Farmon ilovasida ko'rsatilgan iqtisodiyot tarmoqlariga taalluqli ekanini aniqlash vazifasi yuklatilsin.

    4. Quyidagilar belgilansin:

    keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda mazkur Farmonning 1-bandidagi imtiyozlar qancha muddatga berilgan bo'lsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.

    5. Ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan keyin bir yil barvaqtroq faoliyatini to'xtatgan taqdirda foydani o'z mamlakatiga o'tkazish va xorijiy investorning kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat berilgan imtiyozlar summasini byudjetga qaytargandan keyin amalga oshiriladi.

    6. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo'mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmonda belgilangan to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

    7. O'zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»gi Qonuni 3-moddasining to'rtinchi qismida xorijiy investorlar uchun belgilangan kafolatlar quyidagi hollarda qo'llanilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin:

    xorijiy investorlarga to'lanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlar bo'yicha foyda solig'i (stavkalari) ko'payishi;

    xorijiy investorning chet elga o'tkaziladigan daromadlari (foydasi)ni o'z mamlakatiga qaytarish tartibotini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qo'shimcha talablar joriy etilishi, bunda davlat xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning to'lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, xorijiy investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoiy qilmish yoki ma'muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning qaroriga muvofiq daromad (foyda)ni o'z mamlakatiga qaytarishni to'xtatib turishning boshqa zarurati bo'lganda xorijiy investor mablag'larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo'llash shartlari asosida o'z mamlakatiga qaytarilishini to'xtatib turish hollari mustasno;

    investitsiyalarning miqdori bo'yicha investitsiyalash hajmlariga miqdoriy cheklashlar hamda boshqa qo'shimcha talablar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda xorijiy investitsiyalarning minimal miqdorini ko'paytirish tarzidagi talablar joriy etilishi;

    respublika korxonalarining ustav jamg'armalarida xorijiy investorning ulush bilan ishtirok etishi bo'yicha cheklashlar joriy etilishi;

    xorijiy investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasidagi qo'shimcha tartibotlar, shuningdek xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish bo'yicha boshqa qo'shimcha talablar joriy etilishi.

    8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o'n kun muddatda O'zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»gi Qonuni 3-moddasining to'rtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qo'llash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlasin.

    Bunda, yuqorida ko'rsatilgan barcha investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda xorijiy investor mazkur kafolatni qo'llash to'g'risida tegishli vakolatli organni xabardor qilishi nazarda tutilsin.

    9. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmon qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilik hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

    10. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklatilsin.

    O'zbekiston Respublikasining Prezidenti                                                          I. KARIMOV

    Toshkent sh., 2005 yil 11 aprel, PF-3594-son

npa

garantt

garantt

реализация объектов по нулевой выкупной стоимости

Система Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech