Welcome to Госкомконкуренции РУз   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госкомконкуренции РУз GSpeech
  eye                     
   
 

litsenz Biznesni yuritishdagi ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish, xususiy mulkning dahlsizligini himoya qilish va kafolatlashning bozor hamda huquqiy mexanizmlarini muntazam ravishda izchil mustahkamlab borish, respublikada investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan kuchlarni jamlash maqsadid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-sonli “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi.

           Farmonga muvofiq tadbirkorlik faoliyati sohasida gi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari, ya'ni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tishning soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilash, shaffoflikni ta'minlash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini sonini bosqichma-bosqich qisqartirish, jamoatchilik nazorati, o'zini-o'zi tartibga solish, sertifikatlash, akkreditatsiyalash, fuqarolik huquqiy javobgarlikni sug'urtalash va boshqa ustuvor yo'nalishlar belgilab berildi.

           Jumladan, 2018 yilning 1 iyunidan boshlab faoliyatning 35 turi bo'yicha litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilinadi, 25 ta faoliyat turlari bo'yicha litsenziya va ruxsat berish xussiyatiga ega bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari qisqartiriladi.

           Bundan tashqari, mazkur Farmon bilan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat, ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish, shuningdek, neftь, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari, faoliyatning ayrim turlari bilan shug'ullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan xolda beriladi.

                                                             Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech