eye                     
   
 

GKK

Выберите ваш рейтинг: 84.62% - 13 votes
84.62%
5

Общий рейтинг

O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish

Davlat raqobat qo’mitasida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonunga muvofiq tashil etiladi. Buning uchun Davlat raqobat qo’mitasida tarkibiy maxsus bo’linmalar tashkil etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish uchun javobgar shaxslar belgilanishi mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish ularga qulay vaqtda, belgilangan kun va soatlarda amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali ularning e'tiboriga etkaziladi. Agarda jismoniy va yuridik shaxslar og’zaki murojaat etsalar, bunday holda ular shaxsini tasdiqlovchi xujjatlarini taqdim etishlari kerak bo’ladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilikka zid yoki sababsiz murojaatlari, yoki qaror qabul qilingan murojaatlariga rad javobi ham berilishi mumkin.

Hurmatli jismoniy va yuridik shaxslar!

Sizning  kundalik  hayotingizda, faoliyatingizda  quyidagi yo'nalishlar  bo'yicha  muammolar  mavjudmi?

  • davlat mulkini xususiylashtirish yoki xususiylashtirilgan ob'ektlarda investitsiya majburiyatlarini bajarishda;
  • qimmatli qog`ozlar bozorida, shu jumladan aksiyador sifatida Huquqlaringizning Himoya qilinishida;
  • davlat mulki ob'ektlarini ijaraga olishda;
  • faoliyatni amalga oshirishda nohalol raqobat muhiti paydo bo'lganda;
  • iste'molchi sifatidagi huquqlaringiz paymol bo'lishi, shu jumladan kommunal xizmatlar sifatining pastligi;
  • bankrotlik sohasida;
  • birja, baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash;
  • va boshqa Davlat raqobat qo'mitasi vakolati doirasidagi muammolar.

Ushbu muammolarni joyida hal etish va sizning qonuniy huquq va manfaatlaringiz himoya qilish maqsadida  O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilish kunlari tashkil etiladi va unda siz o'z murojaatlaringiz bilan faol ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul kunlarida o'z murojaatingiz bilan faol ishtirok eting.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun  259-21-82  telefon (hududiy organlar telefonlari) raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

 

O'ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QO'MITASI RAHBARIYATI tomonidan qoraqalpog'iston respublikasi, viloyatlar va toshkent sahrida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor QABUL qilish KUNLARI jadvali 

Attachments:
Download this file (andijan.PDF)Andijon viloyati[Tortib olmoq]305 kB
Download this file (buxara.pdf)Buxoro viloyati[Tortib olmoq]324 kB
Download this file (djizak.pdf)Jizzax viloyati[Tortib olmoq]368 kB
Download this file (fergana.pdf)Farg`ona viloyati[Tortib olmoq]348 kB
Download this file (kashkad.pdf)Qashqadaryo viloyati[Tortib olmoq]358 kB
Download this file (namangan.pdf)Namangan viloyati[Tortib olmoq]343 kB
Download this file (navoi.pdf)Navoiy viloyati[Tortib olmoq]356 kB
Download this file (rkk.pdf)Qoraqalpog`iston Respublikasi[Tortib olmoq]381 kB
Download this file (samarkand.pdf)Samarqand viloyati[Tortib olmoq]352 kB
Download this file (sirdar.pdf)Sirdaryo viloyati[Tortib olmoq]344 kB
Download this file (surxand.pdf)Surxondaryo viloyati[Tortib olmoq]404 kB
Download this file (tashkent.pdf)Toshkent shahri[Tortib olmoq]355 kB
Download this file (tashobl.pdf)Toshkent viloyati[Tortib olmoq]371 kB
Download this file (xorezm.pdf)Xorazm viloyati[Tortib olmoq]327 kB

Qo'shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin: 0 (371) 259-21-82, 259-20-36

Murojaatlarni berish tartibi

Murojaatlar ularda qo'yilgan masalalarni hal etish o'z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoxud bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o'z vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini ko'zlab, murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.

Murojaatga u bo'yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko'chirma nusxalari, shuningdek uni ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Murojaat taalluqliligi bo'yicha boshqa davlat organiga yuborilganda, unga ko'rsatib o'tilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.

Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to'g'risidagi ma'lumotlar yoki yuridik shaxsning to'liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilmagan yoxud ular haqida yolg'on ma'lumotlar ko'rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.

Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Murojaatlarni berish muddatlari

Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining murojaatni ko'rib chiqish bo'yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o'z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta'minlash zaruratiga bog'liq bo'lsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma'lum bo'lgan paytdan e'tiboran uzog'i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko'rib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.

Jismoniy va yuridik shaхislarning murojaatlarini ko’rib chiqish

Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi tomonidan ko'rib chiqiladi.

Qo'yilgan masalalarni hal etish o'zining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.

Murojaatlarni ko'rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o'tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur ma'lumotlar mavjud bo'lmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan qaytariladi.

Murojaatni to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqish uchun qo'shimcha ma'lumotlar, ma'lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo'lgan taqdirda, mazkur murojaatni ko'rib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek o'z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan qo'shimcha axborotni so'rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari o'zlaridan so'ralayotgan axborotni o'n kun ichida taqdim etishi shart.

Murojaatni ko'rib chiqayotgan davlat organi, zarur hollarda, murojaat joyning o'ziga borib ko'rib chiqilishini ta'minlashi mumkin.

Murojaat etuvchi yoki boshqa shaxs yo'qligida murojaatni ko'rib chiqish imkoni bo'lmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat etuvchi kelmagan taqdirda davlat organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz ko'rib chiqish imkoni yo'qligi haqida javob yuboradi.

Murojaatga javobni davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsi imzolaydi.

Agar murojaatda qo'yilgan masalalar xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatiga daxldor bo'lsa, ularning vakillari murojaatni ko'rib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida jalb etiladi.

Agar murojaatni ko'rib chiqishda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyatini tekshirish, shu jumladan moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar o'z murojaatlarini ular ko'rib chiqilguniga qadar va ko'rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

Murojaatni qaytarib olish haqidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha choralar ko'rilishini istisno etmaydi.

 

Murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlari

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo'lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kun ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun tekshirish o'tkazish, qo'shimcha materiallar so'rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko'rish zarur bo'lgan hollarda, ularni ko'rib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog'i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Taklif davlat organiga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo'lgan muddatda ko'rib chiqiladi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o'n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi. 

 

Yuklash: Murojaatlarni berish tartibi

??????? Orphus